Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” dasturi ijrosi bo‘yicha tonggi shtab yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda mutasaddilarning dastur ijrosi bo‘yicha mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud masala va muammolar bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Shahar hokimi dastur ijrosini uyushqoqlik bilan o‘z vaqtida ta’minlash, ishlarni sifatli qilib bajarish, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.