Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 37-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi qurib bitkazilgan binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Prezidentimizning “2023 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan maktabda yangi 660 o‘rinli o‘quv binosi qurish va eski binolarni ta’mirlash uchun 6,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan edi.

Ayni paytda loyiha doirasida barcha ishlar nihoyasiga yetkazilib, maktab zamonaviy jixozlar bilan ta’minlandi.

Marufjon Usmonov zamonaviy interaktiv texnologiyalar asosida olib borilayotgan darslarda ishtirok etib, o‘quvchilar bilan muloqot qildi.