Tue. May 14th, 2024

Bugungi kunda davlat xizmatchisi o‘z sohasini mukammal darajada egallagan mutaxassis, faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanayotgan, muomala madaniyatini san’at darajasiga chiqargan xalq xizmatidagi insondir.

Shuning uchun “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat xizmatchilarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Hususan, Qo‘qon shahar hokimligi xodimlari xam bugun ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan hastaliklarni davolash, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.