Tue. May 14th, 2024

Ushbu ma’lumotlar va milliy armiyamizda amalga oshirilgan islohotlar, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining salohiyati haqida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida Qo‘qon shahridagi havo xujumiga qarshi kuchlar harbiy qismida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda namoyish etilgan qurol aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, maxsus operatsiyalar tuzilmasining ko‘rgazmali chiqishlari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Kuni kecha “Mardlik” ordeniga sazovor bo‘lgan Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov ham tadbirda yoshlar bilan muloqot qilib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan adolatparvar va xalqparvar siyosat xususida ma’lumot berdi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda mahalla tizimi mutasaddilari, jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdilar.