Sun. Apr 28th, 2024

Hususan, eski shahar hududidagi mahallalarda istiqomat qiladigan fuqarolar, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ma’naviyatimizga rahna solayotgan omillar, yoshlarimizni o‘z og‘ushiga tortib ketishga urinayotgan diniy aqidaparast harakatlar, sof dinimizga hilof bo‘lgan diniy ko‘zbo‘yamachilik, diniy e’tiqodni ko‘z-ko‘z qilish, insonni eng yuqori ma’naviy va axloqiy darajalarga targ‘ib qiluvchi dinimizga o‘ziga hos bir imidj nazari bilan qarash kabi jamiyatimizda ildiz ota boshlagan salbiy odatlar ochiq-oshkora muhokama etildi.

O‘zbekiston Diniy qo‘mitasi mas’ul hodimi ayniqsa yoshlarimizni diniy tubanlikdan asrab-avaylash, ilm-ma’rifat, zamonaviy bilimlarni egallashga chorlash, ota-onalar, mahalla-kuyni yangi avlod tarbiyasiga ko‘proq e’tibor qaratish, shaxsiy namuna bilan yuksak ma’naviyatni targ‘ib etishga chaqirdi.