Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Axmedov shahrimizda joriy yilning 21-23 sentyabr’ kunlari bo‘lib o‘tadigan hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik masalalarini muhokama etdilar.

Xususan, mas’ullarga markaziy ko‘chalardagi yo‘llar, ko‘pqavatli uylar fasadlarini ta’mirlash, tungi chiroqlar va illyuminasiyalar o‘rnatish, mexmonxonalarni festival’ga tayyorlash, Turkiston, Alisher Navoyi ko‘chalaridagi yo‘llar bo‘yida gullar ekish, asosiy tadbirlar bo‘lib o‘tadigan O‘rda maydonini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.