Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahridagi Milliy gvardiya harbiy qismida “Mehr” daftariga kiritilgan yoshlarning murojaat va qiziqishlariga asosan ishlab chiqarish dastgohlari, noutbuklar, kitob jamlanmalari, velosipedlar va musiqa asboblari tuhfa etildi.

Tantanali marosimda Milliy gvardiya ko‘mondonligi, Qo‘qon shahar hokimligi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, farzandlikka, vasiylikka olingan hamda oilaviy bolalar uyida tarbiya olayotgan yoshlar, ularning yaqinlariga e’tibor ko‘rsatilib, konsert dasturi namoyish etildi.