Sun. May 12th, 2024

Xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirishga qaratilgan seminarda fuqarolar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, notinch oilalar bilan ishlash, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslarga birlamchi psixologik yordam ko‘rsatish, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlarni oldini olish kabi yo‘nalishlarda tushunchalar berildi.

O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar Qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboeva, O‘zbekiston psixologlar asssosiasiyasi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga ham javob berildi.