Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojiddinov Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammo-masalalarni o‘rgandilar.

Marufjon Usmonov Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan xizmat safari davomida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, biznes sohasidagi tendensiyalar, xitoylik tadbirkorlar o‘rtasida urf bo‘lgan biznes munosabatlar xususida so‘zlab berdi.

Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojiddinov viloyatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berib, barchani samimiy muloqotga chorladi.