Tue. May 14th, 2024

Xususan, Prezidentimizning “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tenderda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyekti tomonidan energiya tejamkor isitish qozonlari ihtiro etildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov yangi isitish tizimlari ishlab chiqarilayotgan korxona faoliyatini o‘rganib, ijtimoiy obyektlarda yangi tizimlarni tezkorlik bilan ishga tushirish, qurilish-montaj ishlarini sifatli qilib bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Ayni payta Qo‘qon shahrida ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash, ushbu obyektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida 24/7 rejimida ishlaydigan shahar shtabi tuzilgan bo‘lib, mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.