Mon. May 13th, 2024

Shahrimizda tomoshabop sport turizmi sohasini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan drift-shou va noyob avto-moto texnikalar ko‘rgazmasi noqulay ob-havo sharoitlariga qarmasdan minglab ihlosmandlarni jalb etgan anshlag tomoshaga aylandi.

Qo‘qon shahar hokimligi, shahar turizm va sport bo‘limi say’-harakatlari bilan tez fursatda drift-arenaga aylantirilgan maydonda bo‘lib o‘tgan shouni tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Axmedov, Avto-moto turizm assotsiatsiyasi raisi Otabek Olimjonovlar ishtirokchilarni muborakbod etdilar.

Tantanali tadbirda Qo‘qon avto-moto sport klubi O‘zbekiston Avto-moto turizm assotsiatsiyasi qabul qilingani e’lon qilindi. Qo‘qon avto-moto sport klubi, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan ishtirokchilarga assotsiatsiyaning kubogi tantanali ravishda topshirildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bu kabi shoularda ishtirok etish katta tajriba, jismoniy tarbiya va mablag‘a talab etadi. Har bir drift uchun bitta shinalar to‘plami talab etiladi.

Retro avtomobillar, ajoyib uslubda tyuning, audo tizimlari apgreyd qilingan mashinalar va mototsikllar shouga kelgan minglab tomoshabinlarga ko‘tarikni kayfiyat va unutilmas tuyg‘ularni tuhfa etdi.