Tue. May 14th, 2024

Kuni kecha davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil uchun davlat byudjetining asosiy yo‘nalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ham muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, investision loyihalarni yana-da kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Xususan, velo-moto texnika ishlab chiqarish va ularga servis xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan “BODO” korxonasida bo‘lgan Marufjon Usmonov korxona rahbariyati bilan muloqot qilib, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar bilan qiziqdi.

Ayni paytda korxonada 200 turdan ziyod velosiped, skuter, motorollerlar kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi va ularga servis xizmat ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorda sotilib, Qazaxston va Qirg‘izistonga ham eksport qilinadi.