Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkalari faoliyati, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini o‘rgandi.
Mutasaddi rahbarlarga aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish, tadbirkorlar va aholi uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.