Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 51-“Zilol” mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi ob’ektlar bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.
Mutasaddilarga aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari, sport va bolalar maydonchalari, maishiy chiqindilarni taqsimlangan holda qabul qiladigan bekatlar, ochiq havodagi madaniy ob’ektlar, avtomobil saqlash joylari, ko‘pqavatli uylar oldidagi o‘rindiqlarning lokatsiyasini aholining takliflarini inobatga olgan holda belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.