Fri. Apr 26th, 2024

Qutlug‘ sana munosabati bilan Qo‘qon musiqali drama teatrida o‘tkazilgan bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi. Shahar hokimi Asosiy qonunimizda kafolatlangan huquq va erkinliklarimiz mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, barqaror iqtisodiyot, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va mehr-oqibat muhitining kafolati bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Tantanali tadbirda namoyish etilgan harbiylarning chiqishlari, sahna ko‘rinishlari, yangragan quy qo‘shiqlarda vatanparvarlik, tinchlikparvarlik va shukronalik tuyg‘ulari madx etildi.