Mon. May 13th, 2024

“Navruz” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodonlashtirilmoqda.

Barcha turar joy mavzelari va mahallalarda “Mahallamga 10 tup daraxt – mening tuhfam” shiori ostida, iqlim sharoitiga mos hamda sug‘orish tizimini hisobga olgan holda, manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari ekilmoqda.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari doirasida ikki kun davomida 10 kilometr uzunlikdagi bordyurlar oqlandi, 4 kilometrdan ziyod ariqlar tozalandi, 15 mingdan ortiq daraxtlar ko‘chatlari va gullar ekildi va 400 tonnaga yaqin maishiy chiqindilar olib chiqib ketildi.