Sun. Apr 28th, 2024

Xususan, tarbiyasi og‘ir, profilaktika inspektorlari nazoratida turuvchi yoshlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlarda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari va yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul mutasaddi rahbarlar ishtirok etmoqdalar.

Bugun ichki ishlar batalyonida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ham Marufjon Usmonov mamlakatimizda yoshlarning salohiyatlarini namoyon etish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar borasida ma’lumot berib, yoshlarni jamiyatimizni faol a’zosi bo‘lishga chaqirdi.

Shundan so‘ng yuzlab yoshlar nigohi oldida milliy gvardiya, viloyatimizdagi harbiy maktablar, maxsus operatsiyalar bo‘linmalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Zamonaviy jangchilarning qurol-aslahalari, ekipirovkasi va jismoniy tayyorgarligi xususida tushuncha berish, yoshlar qalbida harbiy sohaga qiziqish uyg‘otish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan tomoshalar katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Ayni paytda batalyon hududida harbiy texnika, qurollar va aloqa vositalari ko‘rgazmasi ham o‘tkazilib, yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.