Sun. Apr 28th, 2024

https://youtu.be/pf-9oG1NmaI

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida, shu jumladan, muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Qo‘qon shahrida Prezident qarorida belgilangan maqsadlar bilan hamohang ravishda xalqimizning ezgu qadriyatlari asosida tashkil etilgan iftorlik marosimiga 300 ga yaqin ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar taklif etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatimizda din va vijdon erkinligini ta’minlash, muqaddas dinimizni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish va shu bilan bir qatorda ehtiyojmand aholi qatlamlarini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Duo va tilovatlarda yurtimizga tinchlik, Yurtboshimizga omonlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik tilab niyatlar bildirildi.