Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida shahrimizda 30-mart kuni o‘tkaziladigan yoshlar forumi doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama etdi.
Forumning maqsadi-yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga faol jalb qilishda huquqni muhofaza qiluvchi va mudofaa organlari bilan birgalikda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona namunaviy tajribani shakllantirishdan iborat.

30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan forum doirasida shahrimizda turli madaniy, ma’rifiy va siyosiy-ijtimoiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.