Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Obod mahalla” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha shtab yig‘ilishida ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda mahallalarda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

 

Hususan, 2-“Shaldiramoq” mahallasidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar xonadonini ta’mirlash uchun 300 kilogramm bo‘yoq olib berildi. Yangi chorsu mahallasida ehtiyojmand oilalalarning devorlari ta’mirlab berildi.

 

44, 45-mahallalarda yangi yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatildi. Mahallarda obodonchilik, qo‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Shahar hokimi dastur doirasidagi ishlarni o‘z vaqtida uyushqoqlik bilan amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.