Sat. Apr 27th, 2024

Xususan 28-“Achiqko‘l” mahallasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Yarmarka doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, yoshlar o‘rtasida shaxmat, shashka va yugurish bo‘yicha sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Mahalla xotin-qizlari baxorgi taomlar tayyorlab, yarmarka ishtirokchilariga ulashdilar.

Qo‘qon shahar hokimi mehnat yarmarkasida ishtirok etayotgan ish beruvchi korxonalar, bitiruvchi yoshlar, nuroniylar va xotin-qizlar bilan samimiy muloqot qilib, kirib kelayotgan bayram bilan muborakbod etdi.

Marufjon Usmonov mahallada umumxalq hashari doirasida o‘tkazilgan ko‘kalamzorlashtirish tadbirida ham mahalla faollari bilan birgalikda ishtirok etib, mevali daraxtlar ko‘chatlarini ekdi.

Tadbir so‘nngida Qo‘qon shahar hokimi sport bellashuvlarida g‘oliblikka erishgan yoshlarn muborakbod etib, Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alarini tuhfa etdi.