Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik Xolboy Ibraimov boshchiligidagi ilmiy doiralar vakillari bilan shahrimizda barcha yo‘nalishlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish masalalarini muhokama etdi.

Ikki kun davomida O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mutasaddilari shahrimizdagi maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari bilan muloqot qilib, zamonaviy ta’lim tajribalarini joriy etish yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berdilar.