Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigoraxon Ergasheva Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yolg‘iz va keksa ayollar, nogironligi bor xotin-qizlar holidan xabar olib, ijtimoiy yordam to‘plamlarini yetkazmoqda.