Wed. May 15th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va boshqa mas’ul rahbarlarga mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

 

Tadbirda Toshkent viloyati, Chinoz tumanida “mahallabay” ishlash tajribasi yuzasidan sur’atga olingan informasion lavha namoyish etilib, mutasaddilar ishtirokida muhokama etildi.

 

Marufjon Usmonov mutasaddilarga Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/uz/docs/5884143) Farmoni hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (https://lex.uz/uz/docs/5831865) Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.