Fri. Apr 19th, 2024

Buyuk Allomalar muzeyida mohir shoir, dramaturg va adib hotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan buyuk ajdodlarimiz me’rosini chuqur o‘rganish, ularga bo‘lgan xurmat-ehtiromni o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

Tadbirda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan shoirning hayoti, ijodi va adabiy me’rosi xususida adabiyotshunoslar va tarixchilarning ma’ruzalari o‘qib eshittirilib, arxiv materiallaridan namunalar namoyish etildi.