Sat. Apr 20th, 2024

O‘zbegim tantanalar saroyida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan rasmiy tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok edi.

 

Shahar hokimi davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda ayol-qizlarni ham tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amal’ga oshirilayotgan islohotlar, kuni kecha o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida ayollarning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Marufjon Usmonov barcha ayol-qizlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etib, o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Shahar hokimi va sektor rahbarlari shahrimizning bir qator ehtiyojmand, nogironligi bor va nogiron farzand tarbiya qilayotgan yolg‘iz ayollarga chin yetimlar va nogironlar uchun yangi qurib bitkazilgan uydagi xonadonlarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdi.

 

Tadbirda san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramona bezatilgan dasturxon atrofida jam bo‘lgan ayol-qizlarga ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi.