Sun. May 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhammedov bilan Qo‘qon shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida jinoyatlar eng ko‘p sodir bo‘ladigan hududlarni ko‘zdan kechirib, kuzatuv kameralarini o‘rnatish, uchastka nozirlari va tunggi xizmatlar faoliyati takomillashtirish masalalarini muhokama etdi.

Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan saflanish tadbirida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhammedov, Bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov, Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov, huquqni muhofaza qilish va huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida tungi xizmatga jalb qilingan xizmatlar xodimlariga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini profilaktikasi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.