Sat. Apr 27th, 2024

“Toshkentlik guzar” mahallasida o‘rnatilgan ulkan bayroqning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Qo‘qon shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, milliy davlatchiligimiz ramzlari bo‘lgan madhiya, gerb va bayrog‘imiz hamyurtlarimizda cheksiz hurmat-ehtirom hissini uyg‘otishini ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu mahallada o‘rnatilgan ulkan bayroq shahrimizning 15 ta hududlari, maydon va hiyobonlarda o‘rnatilishi rejalashtirilgan bayroqlarning birinchisi bo‘ldi.