Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Toshkentlik guzar” mahallasida aholi xonadonlarida bo‘lib, issiqxonalarda limon va mandarin yetishtirayotgan fuqaro bilan muloqot qildi.

Mo‘jazgina issiqxonada o‘tgan yili 15 million so‘m daromad olgan xonadon egasi joriy yilda kamida 25 million so‘m foyda qilishni maqsad qilgan. Limon va mandarindan tashqari issiqxonada ukrop, kashnich ham hosilga kirgan.

Marufjon Usmonov sug‘oriladigan yerlar atrofida uzum yetishtirish maqsadida barpo etilgan toklarni ham ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga ushbu tajribalarni keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.