Sun. Apr 28th, 2024

Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, favqulodda vaziyatlar, sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligi bo‘limi, mahalla mutasaddilari hamrohligida Ramazon oyida Taroveh namozlari o‘qiladigan masjidlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Masjidlar hududi, tahoratxonalar, kommunikatsiya va yoritish tizimlari, sanitariya sharoitlari o‘rganilmoqda.

Mutasaddilarga fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash, hamshaharlarimiz namozlarini ado etishlari uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda.

Mutasaddi idoralar mas’ullaridan iborat ishchi guruhlar Taroveh namozlari ado etiladigan barcha masjidlarda navbatchilik qiladi.