Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari,favqulodda vaziyatlar bo‘limi, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari, jamoat tashkilotlari faolllari ishtirokida o‘tkazilgan saflanish tadbirida Ramazon oyida shahrimizdagi masjidlar, ovqatlanish muassasalari, jamoat joylari va mahallalarda jamoat tartibi, ozodalik va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Xalqimiz orziqib kutgan muborak Ramazon oyini, tartib-intizom bilan, eng yuqori saviyada o‘tkazish uchun barchamiz mas’ulmiz”, dedi Marufjon Usmonov.

Saflanish tadbirida mas’ul idoralar rahbarlari ham sohaviy yo‘nalishlarida mutasaddilarga yo‘riqnomalar berdilar.