Sun. Apr 28th, 2024

1. Quyidagilar shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yana-da chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

shahar hududida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan, sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash;

ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmog‘i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish;

tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Shahar hokimi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadigan hududiy komissiyalar va kengashlarga raislik qiladi.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning shahar hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi;

shahar yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi;

shahar yermulkkadastr xizmati;

shahar obodonlashtirish boshqarmasi;

uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish, taqsimlash bo‘limi;

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi;

“O‘ztransgaz” AK shahar filiali;

shahar elektr ta’minoti korxonasi;

yo‘lovchi tashish transporti ishini boshqarish bo‘limi;

Qo‘qon temiryo‘l vokzali;

“O‘zavtoyo‘l” AK shahar bo‘limi;

og‘ir sanoat, mashinasozlik va elektrotexnika sanoati korxonalari;

qurilish industriyasi korxonalari;

qurilish-montaj pudrat tashkilotlari;

loyihalash muassasalari;

transport tashkilotlari;

kommunal xo‘jalik tizimi korxonalari;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.