Sun. Apr 28th, 2024

1. Quyidagilar shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hamda Qo‘qon shahar hokimi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika va shahar miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarning ijrosini ta’minlash;

shaharning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uning samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarning yuzaga kelishi oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli bo‘limlar, idoralar, tashkilotlar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarining uzviy rivojlanishi, bunda shahar va shahar kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda shahar va shaharning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga,
shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konyunkturasini o‘rganib, tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularning yangi bozorlarda eksport qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, aholining hayot darajasini va sifatini oshirish, yana-da farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovasion texnologiyalarni yana-da rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari, usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka, ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni Farg‘ona viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yana-da yaxshilashga, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yana-da rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

davlat organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;

xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Shahar hokimi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadigan hududiy komissiyalar va kengashlarga raislik qiladi.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning shahar hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi;

shahar moliya bo‘limi;

shahar g‘aznachilik bo‘limi;

byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi;

shahar davlat soliq inspeksiyasi;

shahar statistika bo‘limi;

shahar bandlikka ko‘maklashish markazi;

“O‘zbekinvest” kompaniyasi, “O‘zagrosug‘urta” AJ, “Kafolat” AJ agentligi va boshqa sug‘urta kompaniyalarining shahardagi filiallari;

barcha tijorat banklari shahar filiallari;

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati shahar bo‘limi;

“O‘zbektelekom” kompaniyasi shahar filiali;

shahardagi ulgurji sharob bazalari;

shahardagi barcha avtodilerlar;

shahardagi ulgurji savdo bazalari;

shahar bozorlari va savdo komplekslari;

shahar “Hunarmand” uyushmasi;

Savdo-sanoat palatasi shahar bo‘limi.