Sun. Apr 28th, 2024

1. Quyidagilar shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash;

shahar iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirish, shaharda investitsiya muhitini yana-da takomillashtirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan yagona davlat investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini amalga oshirish;

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va shahar hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yana-da takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

shaharning yillik Investitsiya dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va monitoring qilishda ishtirok etish, xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish uchun investitsiya takliflari bo‘yicha yagona bazasini yuritish;

tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish asosida shahar iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish;

shaharning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish uchun shaharda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlari o‘tkazilishini tashkil etish;

tender (tanlov) savdolarini o‘tkazishda, tender (tanlov) savdolari hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish va tender (tanlov) takliflarini baholash, tender (tanlov) savdolari natijalarini muvofiqlashtirish, kelishish hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish, zarur hollarda. o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini haqiqiy emas, deb e’tirof etish bo‘yicha taklif kiritish;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etish;

dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda innovasion yondashuvlar orqali davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

shaharda innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targ‘ib qilish va ulardan amaliy foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez o‘zgaruvchan jahon konyunkturasini hisobga olgan holda milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish;

atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi ekologik toza texnologiyalarni qo‘llagan holda unumdorlikni oshirishni nazarda tutadigan “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarining prinsiplarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashish;

respublika innovasion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, shuningdek, logistik xablar faoliyati samaradorligining o‘sishiga faol ko‘maklashish;

makroiqtisodiy, soliq-byudjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining iqtisodiyotga ta’sirini baholash bilan o‘zaro bog‘liqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish ssenariylarini shakllantirishga ko‘maklashish;

xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovasion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish;

innovasion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini olish;

ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovasion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash;

sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni, “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umr ko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;

“Xavfsiz shahar”, “Aqlli shahar” konsepsiyalarini joriy etishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydigan madaniy, sport va boshqa obyektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda, shaharsozlikning faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashish;

atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga, jumladan, atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni, suv obyektlariga tashlanadigan oqova suvlarni kamaytirishga, biologik xilma-xillik va ekotizimni saqlashga qaratilgan innovasion texnologik yechimlar ishlab chiqish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarish bo‘yicha innovasion g‘oyalar va ishlanmalarning, jumladan, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor, ekologik toza avtotransport yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyalari, chang va gazdan tozalovchi texnologiyalarning amalda qo‘llanishiga ko‘maklashish;

suvdan foydalanish tizimini, shu jumladan, suvni tozalash, chuchuklashtirish, oqava suvlardan qayta foydalanish va suv tejashning innovasion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

maishiy va sanoat chiqindilarini qayta ishlash, shu jumladan, energiya va bioo‘g‘itlarni ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

innovasion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik g‘oyalarini, shu jumladan, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali ishlab chiqish;

imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilish, ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali innovasion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish;

innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar, biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan, yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etish, shuningdek, IT-infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish;

uzoq muddatli texnologik rivojlanish ehtiyojlari va tendensiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, shu jumladan, yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va yuqori texnologik mahsulotlarning boshqa turlarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish;

mahalliy innovasion mahsulotlarni, shu jumladan, rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;

xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror o‘sishini ta’minlaydigan yangi ish o‘rinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish;
erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining faoliyat yuritishi va ularni rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyat yuritishi, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana ham ko‘proq qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

loyihalarni amalga oshirish, jumladan, loyiha ishlanmasi va loyihalarni amalga oshirish, obyektlarni ishga tushirish va pirovard maqsadlarga erishishning butun sikli davomida uni sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlagan holda, erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, shuningdek, yuzaga kelayotgan masalalar va muammolarni hal etishda ularga amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini qabul qilgan holda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari — ho‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini doimiy monitoring qilib borish;

erkin iqtisodiy zonalar direksiyasi faoliyati ustidan amaliy nazorat o‘rnatish, ma’qullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida direksiya rahbarining muntazam hisobotlarini tinglab borish, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari direksiyalarining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlamagan rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rish to‘g‘risida takliflar kiritish;

yangi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari barpo etish hamda ishlab turganlarining chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
shaharning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, shaharning turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;

ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;

turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;

turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, shahar hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlari ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlarini amalga oshirish;

turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;

turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va shahar hokimi ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek, xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

tasarrufidagi tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

2. Shahar hokimi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etgan hududiy komissiyalar va kengashlarga raislik qiladi.

3. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning shahar hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi- investitsiyalar masalalari bo‘yicha;

shahar moliya bo‘limi-investitsiyalar masalalari bo‘yicha;

investitsiyalar bo‘limi;

kichik sanoat zonalari direksiyasi;

shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi-investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha;

barcha tijorat banklari – investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, beg‘araz ko‘maklashish mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish, iqtisodiy-nochor bankrot korxonalarning faoliyatini tiklash, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha.