Tue. May 14th, 2024

20-davlat maktabagacha ta’lim muassasasida bolalarni jismonan va ma’nan rivojlantirish, muomala, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tizim asosida ta’lim tarbiya berilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimi muassasa tarbiyalanuvchilari bilan muloqot qilib, bolajonlar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlarini tomosha qildi. Ta’lim jarayonida turli yo‘nalishlarda qo‘llanilayotgan o‘quv jixozlari, rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar bilan tanishib, ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.