Tue. May 14th, 2024

Oila va xotin qizlar bo‘limining hisobot yig‘ilishida 2023-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, joriy yildagi maqsad va vazifalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, oilalar mustahkamligini ta’minlash, xotin qizlarning folligini oshirish, ijtimoiy muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, salomatligini asrash va reproduktiv salomatlik, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘ldi.

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, IIB, Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi, “Oqila ayollar” harakati a’zolari va xotin-qizlar masalalariga aloqador boshqa idora-tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan muloqot chog‘ida barcha mas’ul idorlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama etildi.