Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Dec 7th, 2024

Xalq deputatalari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar va deputatlar ishtirok etdilar.

Sessiyada sektorlar rahbarlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha hisobotlari, Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi mudirining aholi murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha axboroti tinglandi.

Shuningdek, shahrimizda qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Qo‘qon shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamovning, jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchililiklar profilaktikasi bo‘yicha, shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Anvarjon Parpiyevning hisobotlari ham tinglandi.

Sessiyada shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mansurjon Rasulovning Qo‘qon shahar mahalliy byudjetidan mablag‘ ajratishga rozilik berish to‘g‘risidagi taklifi, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi va uning doimiy komissiyalari ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ham deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar deputatalar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Click to listen highlighted text!