Mon. May 13th, 2024

Marufjon Usmonov murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ishtirokida fuqarolarning muammolarini hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Qabulda moddiy yordam, uy-joy uchun ijara to‘lovlari, fuqarolarning salomatligini tiklash bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.

Qolgan murojaatlardagi masalalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi Qo‘qon shahar hokimining nazoratiga olindi.

Ehtiyojmand aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, hunarmandchilik, kasanachilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish fuqarolar qabulidagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘lmoqda.