“Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiev mahalla va ta’lim tizimi mutasaddilari davlat idoralari xizmatchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Konstitusiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berdi.
Xususan, Qonstitusiya loyihasi yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflarini qabul qilish, umumlashtirish va ularga javob qaytarish mexanizmlari joriy qilinganligi, fuqarolardan 220 mingdan ortiq takliflar qabul qilinib, ularning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olganligi ta’kidlandi.
Yangilangan Konstitusiya ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi va hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘lishi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi qayd etildi.