Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 40-“Nurafshon” mahallasida aholi xonadonlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab bergan edi.

Xususan Ma’rifat ko‘chasi, 4-uyda istiqomat qiladigan fuqarolarning muammolari kompleks hal etildi. Fuqaroning farzandiga nogironlik aravachasi yetkazib berilib, xonadon suv va gaz tarmoqlariga ulandi. Hisoblash uskunalari ham bepul o‘rnatib berildi.

Fuqaroning ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan uyi ham ta’mirlab berilib, bog‘iga mevali ko‘chatlar ekib berildi.