Tue. May 14th, 2024


Ayni paytda ulkan qurilish maydoniga aylangan hududga yangi transport yo‘li barpo etilmoqda. Shag‘al qoplamasi to‘shalib, asfalt qoplamasini yotkizish uchun shay holatga keltirilmoqda.

Yo‘lovchilarni qabul qiladigan terminal qurilmasining monta

ji nihoyasiga yetkazilib, profillar o‘rnatilmoqda. Elektr va suv tarmoqlari montaji olib borilmoqda.

Aeroport ehtiyojlari va ko‘kalamzor maydonlarni suv bilan ta’minlash uchun drenaj suv quvuri qazilmoqda. Quvur yaqinida ulkan yopiq suv havzalari, yong‘in xavsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Bunday strategik obyektda elektr ta’minoti masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Yuqori kuchlanishli kabellar yer ostidan o‘tkazilib, qurilmalarga qadar tortib kelinmoqda. 1-martga qadar nihoyasiga yetkazilishi kutilayotgan qurilish ishlari uch smenada tunu-kun 24 soat rejimida olib borilmoqda.