Wed. May 15th, 2024

Seminarda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ishtiyoqida bo‘lgan fuqarolarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, garovsiz imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash bo‘yicha nazarda tutilgan qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Qo‘qon shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, banklar va iqtisodiy kompleks mutasaddilari uchun o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish va Mahallabay ishlash agentliklari, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki va Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi mutasaddilari ishtirokchilar bilan muloqot qilib, seminar mavzusi yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berdilar.