Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi dars jarayoni xususida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan holat yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining

RASMIY BAYoNOTI
Qo‘qon shahar Xalq ta’limi bo‘limining bergan ma’lumotiga ko‘ra, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan o‘qituvchiga intizomiy choralar ko‘rildi.

Ma’lum bo‘lishicha, videoda tasvirlangan o‘qituvchi- Sh. Buvamatova 2019 yil sentyabr’ oyida kasb-xunar kollejidan maktabga ishga o‘tganligi tufayli o‘quvchilarga o‘z fani bo‘yicha yetarli darajada bilim yetkazib bera olmagan.

O‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Maktabdagi o‘quv jarayoni va o‘qituvchini o‘quv soatlari yuzasidan o‘z vazifasiga nisbatan e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lganligi uchun o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.To‘xtaboevaga nisbatan ham intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Ta’lim samaradorligini monitoring qilish ishlariga nazorat kengashi a’zolari ham jalb etilgan. 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi dars jarayonlari Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati