Mon. May 13th, 2024

Kuzdan qishga o‘tish munosabati bilan shahrimiz ko‘chalari va ko‘p qavatli uylar xududlarini xazonlardan tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Keng ko‘lamli ishlarda shahar hokimligining Obodonlashtirish boshqarmasi, Toza hudud DUK, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limining 30 dan ortiq texnika vositalari va 360 nafar ishchi-xizmatchilari ishtirok etdilar.

Umumiy obodonlashtirish maydoni 15000 kvadrat metrni tashkil etdi, 224 tonnadan ziyod xazon va chiqindilar olib chiqib ketildi va utilizasiya qilindi.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi va MFY raislari bilan xazonlarni yoqmaslik va shahar ekologiyasiga zarar yetkazmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.