Mon. May 20th, 2024

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati bolalar o‘pka va suyak sili sanatoriyasining besh nafar davolanuvchilarida botulizm kasalligi alomatlari aniqlanganligi yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining
RASMIY BAYoNOTI

21 noyabr 2019 yil kuni kech soat 16:30 da Qo‘qon shahridagi Viloyat bolalar silga qarshi kurash dispanserining besh nafar davolanuvchisida “Botulizm” kasalligi alomatlari yuzasidan yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tekshiruvlar natijasida bu o‘quvchilarda “Botulizm” tashxisi o‘z tasdig‘ini topmadi.

Epidemiologik surishturuvlar natijasida bir nafar o‘quvchi 21 noyabr 2019 yil kuni soat 12:00da onasi tomonidan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini pala-partish iste’mol qilishi natijasida oshqozon faoliyatini alimentar buzilishi holati kuzatilgani aniqlandi. Qolgan to‘rt nafar o‘quvchilar bemor bilan birga ovqatlanganligi sababli muloqotdagi sifatida tibbiy nazoratga olingan.

2019 yil 22 noyabr’ kuni soat 8:00 holatiga ushbu bolalar bir kun shifokor nazoratida bo‘ldilar, ularda xech qanday klinik belgilar kuzatilmaganligi sababli o‘zlari davolanib o‘qiyotgan muassasaga qaytarildilar.

Bir nafar bemorga “Meningoensefalit” tashxisi qo‘yilib, ikkinchi darajali hamrox: ”Suyak sili, kamqonlikni o‘rta darajasi” tashxisi bilan davolash standartlariga mos ravishda muolajalar olib borilmoqda. Hozirda bemorning holati qoniqarli, xushida, savollarga aniq javob bermoqda.

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati