Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahrida tahsil olayotgan barcha talabalar ingliz tilini o‘rganadilar.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov QDPI talabalari hamda o‘qituvchilari bilan muloqot qilib, mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan xorijiy tillarni o‘rganish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, qonunchiligimizga asosan davlat idoralarida xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega xizmatchilar uchun mehnatga haq to‘lashda yaratilgan imtiyozlar, millatlararo muloqot, internet va ilm-fan tiliga aylangan ingliz tilini o‘rganishning dolzarb ehtiyoji xususida ma’lumot berdi.

Qo‘qon shahar hokimi barchani ingliz tilini xalqaro standartlar darajasida o‘rganish, ingliz tili ta’lim jarayoniga xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

“Xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchi va talabalarni shahar byudjeti hisobidan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga jo‘natamiz”, dedi shu jumladan, Marufjon Usmonov.