Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mahalla, ta’lim tizimi mutasaddilari bilan muloqot qilib, xorijiy tillarni va xususan ingliz tilini o‘rganishga, yoshlarni ingliz tilini xalqaro standartlar darajasida o‘rganishga targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida zamonaviy ilm-fan yutuqlari, internet va texnologiyalardan foydalanish keng targ‘ib etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Har bitta mahallada 10 dan ziyod IELTS sertifikatiga ega yoshlar bo‘lishi shart. Ingliz tilini xalqaro standartlar asosida o‘qitishga qaratilgan xususiy ta’lim loyihalari uchun ajratiladigan binolar ustidan ijara haqi to‘lanmaydi”, dedi Qo‘qon shahar hokimi.
Mas’ullarga ko‘chalar nomi, korxona, idora, tashkilotlar nomlanishini aks etgan yozuvlarni ingliz tilidagi tarjimasi ham joylashtirish vazifasi yuklatildi.