Tue. May 14th, 2024

Muloqot chog‘ida Marufjon Usmonov mamlakatimizda ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, shahrimizda o‘tgan davr mobynida, imtiyozli kredit va subsidilar asosida o‘z faoliyatini boshlagan minglab ayollar xususida ma’lumot berdi.

Marufjon Usmonov odob-ahloq, ta’lim-tarbiya, milliy urf-odatlarimiz, jamiyatimizdagi salbiy illatlar xususida ham fikr yuritib, oilada farzand tarbiyasi bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan xotin-qizlarni ushbu masalalarga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Qo‘qon shahar hokimi Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan xizmat safari davomida tadbirkorlik, ta’lim, ma’rifat sohasida o‘rgangan tajribasi bilan ham o‘rtoqlashdi.

“Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan har bir inson ingliz tilini mukammal bilishi-zamon talabi. O‘quv markazlari tashkil etib, xalqaro standartlar darajasida ta’lim beradigan biznes vakillari uchun bo‘sh bino va inshootlar bepul ajratib beriladi!”, dedi Marufjon Usmonov.

Tadbir so‘nggida mutaxassislar tadbirkorlarga qonunchiligimizga asosan yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar xususida ham ma’lumot berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.