Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:









Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar bilan Qo‘qon shahridagi tarixiy maskanlar, ziyoratgoh va qadamjolar joylashgan mahallalarni sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirish, aholi xonadonlari fasadini qadimiy uslubda, loysuvoq, naqqoshlik uslublarida bezash masalalarini muhokama etdi. Qo‘qon shahar hokimi mas’ul rahbarlar ishtirokida ushbu ko‘chalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar xonadonlariga ham tashrif buyurib, yangi turizm loyihasining mazmun-mohiyati, fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi uchun yaratiladigan keng imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi. Umuman olganda, bunday tajriba dunyoning Venetsiya, Istanbul, Qohira kabi dunyoning yirik turizm markazlarida ko‘p yillardan beri millionlab sayyohlar oqimini o‘ziga jalb etib, aholiga daromad keltirmoqda. Qo‘qon shahar hokimi bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar loyihani qo‘llab-quvvatlab, o‘ziga tegishli bo‘lgan bino va inshootlarni shunga mos ko‘rinishga keltirish, hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, mehmonxona va oshxona biznesini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!




Sichqoncha bilan belgilab