Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:








Xususan, Qo‘qon shahar Yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan rejali monitoring tashrifi davomida qozonxonalar faoliyati va yoqilg‘i zaxirasi o‘rganildi. Bu yerdagi qozonxonada ko‘mir yordamida barcha binolarda mo‘tadil iliq harorat ta’minlanmoqda. Marufjon Usmonov qabulxona, bo‘limlar, palatalardagi haroratni o‘rganib, shifokorlar va bemorlar bilan muloqotda bo‘ldi. Suhbat chog‘ida shifoxonada yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasi, tibbiy xodimlar muomalasidan bemorlarning qoniqish darajasi o‘rganildi. Mas’ullarga barcha kirish qismlari, zinalar va qabulxonaga issiq haroratni saqlaydigan tamburlar barpo etish, binolarda mo‘tadil haroratni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan 24/7 qish mavsumida murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish shtabi aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib, muammo va masalalarni bartaraf etib kelmoqda. Xususan ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarni monitoring qilish va o‘rganishda raqamli sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!




Sichqoncha bilan belgilab